Toshkentda qidiruvdagi xavfli jinoyatchi ushlandi
Jamiyat
−
31 mart 2020 62525 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
“Ma’lum qilamizki, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga e’lon qilingan Asliddinov Mirsharaf qo‘lga olindi”, deyiladi boshqarma xabarida.
IIBB jinoyatchining turar joyini aniqlashda ko‘maklashgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.
Live
Barchasi