Toshkentda qariyb 200 mln so‘mlik dorini noqonuniy sotganlar ushlandi
3-sahifa
−
24 fevral
3877Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida Ahmad Yugnakiy ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir nafar fuqaro va “G.G.” MCHJ mas’ul shaxslari dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Shu maqsadda ular ushbu MCHJga tegishli jami 26 ming dona “Natriy Xlorid” nomli dori vositasini boshqa bir fuqaroga 195 mln so‘mga sotgan. Gumonlanuvchilar oldi-sotdi qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida dorixona sotuvchisi xaridorga hech qanday hujjatsiz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgani aniqlangandi.
LiveBarchasi