Toshkentda qancha bog‘cha, maktab va OTM karantinga olingani aytildi
Jamiyat
−
03 may 2021
6281Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarma bo‘limi boshlig‘i Nodira Sultonmurodova poytaxtda karantinga muassasalar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra:
• 132 ta maktab
• 22 ta bog‘cha
• 15 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasasi
• 35 ta oliy ta’lim muassasasi
• 3 ta davolash-profilaktika muassasasi
• 2 ta xizmat ko‘rsatish ob’ekti 14 kunlik karantinga olingan.
Poytaxtda bugungacha 54 517 nafar kasallanish holati aniqlangan. Ularning 52 003 nafari yoki 95 foizi sog‘aygan. 434 nafar bemor vafot etgan va 2080 nafar odam hozirda kasallikdan davolanyapti.