Toshkentda qalbaki pulga iPhone sotib olingani aniqlandi
3-sahifa
−
07 aprel 2023
6370Joriy yilning 27 mart kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqaro qalbaki pulga iPhone rusumli mobil telefoni sotib oldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, 26 yoshli N.Sh. “iPhone 12 Pro” rusumli telefon apparatini 5 million 900 ming so‘mga sotishi haqida e’lon beradi. Tez orada ushbu e’longa notanish yigit qo‘ng‘iroq qilib, telefon apparatini sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.
N.Sh. Yangihayot tumanidagi 3-metro bekati oldida joylashgan avtobus bekatida xaridor bilan uchrashishga kelishadi. Notanish yigit deyarli savdolashmay, kelishilgan pulni unga berib, telefonni olib ketadi. N.Sh. pullarni sanaganida ularning bir nechtasi haqiqiyligiga shubhalangan va bu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilgan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida N.Sh.dan 10 dona 200 000 so‘mlik va 5 dona 100 000 so‘mlik, jami 2 500 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu pul birliklarini aniqlash maqsadida Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan ekspertiza o‘tkazilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu pul birliklari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr