Toshkentda ijarada yashayotgan ikki koreyalik tunab ketildi
3-sahifa
−
12 iyul 2023
6623Poytaxt Toshkentning Yakkasaroy tumanida vaqtincha ijarada yashayotgan janubiy koreyalik ikki ayolni tunab ketishdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 30 iyun kuni taxminan soat 13:50 da “Dilbuloq” mahallasida joylashgan xonadonlarning birida sodir bo‘lgan. 3 nafar noma’lum shaxs u yerda yashayotgan 61 yoshli Janubiy Koreya fuqarosi N.X. va uning qizi 37 yoshli K.M.lar xonadon eshigini ochgan vaqtda qo‘llarida bo‘lgan oshxona pichoq va qaychi bilan tahdid qilgan. Xonadonda bo‘lgan 3 dona uyali telefon, 1 dona planshet, 1 dona noutbuk, 1700 AQSH dollari va 1,5 million so‘m pul mablag‘larini olib, hodisa bo‘lgan joydan yashirgan.
Ushbu holatdan so‘ng K.M. qonunbuzarlarni taqib qilib, ko‘chada yordam so‘ragani uchun mazkur hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan bosqinchilardan biri ushlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 39 yoshli D.A., uning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 22 yoshli L.A. va Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 29 yoshli A.R. (ayol) sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A., L.A. va A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi