Toshkentda ijarada turgan ayol uy egasini pichoqlab o‘ldirdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ijarada turgan ayol uy egasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Vaziyat24” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi ayol yashash uyi bo‘lmagani uchun ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan uzoq vaqtdan beri jabrlanuvchining uyida ijarada yashab kelgan. Jabrlanuvchi sudlanuvchining turmush o‘rtog‘i bilan tanish bo‘lgan. Shu sababli ular ijara haqqini to‘lamay kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi ayolning eri joriy yilning 13 martida uyni tark etganidan so‘ng, uy egasi unga bir necha marta birga bo‘lishni taklif qilgan. Ayol bunga rozi bo‘lmagani sababli jabrlanuvchi unga tez-tez qo‘pollik qila boshlagan.

Oqibatda, ayol 27 may kuni uy egasining ko‘krak qismiga pichoq bilan qasddan zarba bergan va voqea joyidan yashiringan. U pichoqni jarlikka otib yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol avval ikki bor qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati bilan ayblangan.

Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

884

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing