Toshkentda issiq suvning narxi oshyapti
Jamiyat
−
09 noyabr 2023
6915Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar joriy qilinmoqda. Bu haqda kecha, 8 noyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaror qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, qaror bilan issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun bazaviy tarif 67,3 foizga – 1 Gkal energiya uchun 664 465 so‘m etib belgilanishi ma’qullangan (amaldagi tarif 397 212 so‘m/Gkal).
Unga ko‘ra, narxlar quyidagi qiymatlarda o‘zgaradi:
• aholi uchun 91 960 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 91 960 so‘m/Gkal);
• yuridik shaxslar uchun 212 606 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 141 737 so‘m/Gkal);
• byudjet tashkilotlari uchun 801 963 so‘m/Gkal (amaldagi tarif 502 067 so‘m/Gkal) etib belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, bu orqali Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishda samarali va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsad qilingan.