Toshkentda issiq suvning narxi oshdi
Jamiyat
−
02 dekabr 2023
7326Toshkent shahar hokimining “Veolia Energy Tashkent” MCHJ HK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlarining yangi narxlari tasdiqlangan.
2023 yil 1 dekabrdan “Veolia Energy Tashkent” MCHJ HK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan bazaviy narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz 664 465 so‘m/Gkal darajasida bo‘lib, bunda:
- aholi uchun — 91 960 so‘m/Gkal;
- yuridik shaxslar uchun — 212 660 so‘m/Gkal;
- byudjet tashkilotlari uchun 801 963 so‘m/Gkal darajasida tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, markazlashgan issiqlik ta’minoti tariflarini byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida investitsion xarajatlar tarif strukturasidan alohida hisobga olingan. Shuningdek, iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar joriy qilinayotgani haqida xabar bergandik.