Toshkentda issiq suv quvurlari holati tekshiriladi
Jamiyat
−
16 aprel 2019
3950Toshkent shahrida 2019-2020 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik olib borilayotgani munosabati bilan 18 apreldan 26 aprelgacha poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatilmagan holda issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va pishiqligi yuqori bosimda sinovdan o‘tkaziladi.
Sinov davrida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar kuzatilishi mumkin. Yo‘llarning qatnov qismiga va piyodalar yo‘laklariga issiq suv sachrashi mumkin. Shu bois haydovchi va piyodalar, ma’muriy va turar joy binolaridagi fuqarolarning ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi.
Quyida sinov o‘tkaziluvchi issiqlik manbalari kuni va ro‘yxati berilmoqda:
18 aprel:
Farobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Qamarniso, Qoraqamish 1 tor ko‘chalari, Shifokorlar tor ko‘chalari, Chimboy, Jarariq, Qoraqamish 2/3, 2/4, Beshqo‘rg‘on 1, 2, 3, 4, Qamarniso, Olimpiya, Ibn Sino 1,2, Beltepa dahalari, O‘zMU, TDTU hududi, “Shifokorlar” va “Yoshlik” talabalar shaharchasi.
23 aprel:
Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Shohjaxon, D.Shoshiy, A.Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, Bog‘tepa 5 tor ko‘chasi, Jiydazor 1 tor ko‘chasi, Muqimiy, Yakub Kolos, Chimkent, Seul, Askiya, Cho‘ponota ko‘chalari, Chilonzor 1, 2, 3, 4, 5, Ye, I mavzelari, M-7 turar joy dahasi.
25 aprel:
Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on 1 tor ko‘chasi, Osiyo, L.Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3 tor ko‘chasi, I.Mo‘minov, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Bog‘ishamol, Parkent, Qalandar, Yassi, Bo‘z, Sayram 5 tor ko‘chasi, Sayram 7 tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2 tor ko‘chasi, Geologiya, Niyozbek yo‘li, Tamaraxonim tor ko‘chasi ko‘chalari, “Toshqishloqmash”, Mavlono Riyoziy, Yalong‘och, Bo‘z — 1 dahalari, Tosh GRES shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent Davlat Agrar universiteti hududi.
26 aprel:
Chilonzor 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12 dahalari, G 9A, Chilonzor 16, 17, 18, 19, 20, 24, 26, M, 20A mavzelari, Do‘mbirobod, Rohat, Ishoqov, Boboyev, Usmur, Taxiatosh, Do‘mbirobod, Oqtepa mavzelari, Oqtepa, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy 1, 2 turar joy dahalari, Zargarlik, Lutfiy, Nurafshon, Gulxaniy, Qatortol, Guliston, Muqimiy, Bog‘iston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Samarqand darvoza, Seul, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Qozirobod, Katta Xirmontepa, Shirin, Qatortol 1 tor ko‘chasi va M. Shayx-Zoda ko‘chalari.
LiveBarchasi