Toshkentda issiqlik ta’minoti qachondan yoqilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkentda ko‘p qavatli uylarda isitish mavsumi joriy yilning 24 oktyabridan boshlanadi. Bu haqda shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, bugun, 19 oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

22 oktyabrdan ijtimoiy soha ob’ektlari va 24 oktyabrdan  ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Toshkentda isitish tizimi 12 oktyabrdan ishga tushirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing