Toshkentda ikkita avtobus yonib ketdi
3-sahifa
−
26 fevral
11072Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahri va viloyatida harakatlanuvchi ikkita avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. "Toshshahartransxizmat" holat yuzasidan izoh berdi.
Aniqlanishicha, birinchi holat 8:24 da "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi Mercedes-Benz rusumli avtobus bilan yuzaga kelgan. 174-sonli "Jumabozor qo‘rg‘oni – Aviasozlar ASHB" yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusda tormoz tizimida nosozlik sabab yong‘in chiqqan.
"Voqea joyiga FVV Yong‘in qutqaruv bo‘linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong‘in qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Mazkur hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q", deyiladi izohda.
Mazkur avtobus 2013 yilda ishlab chiqarilgani hamda tasarruf boshidan buyon 862 ming 425 km masofani bosib o‘tgani ham ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda "Toshshahartransxizmat" AJning ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Ikkinchi yong‘in 26 fevral kuni soat 8:20larda 33-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan "7-avtobus saroyi filiali" rahbari Nodirxon Xo‘jayev o‘zining videomunosabatida 33-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda qisqa tutashuv bo‘lgani aytilgan. Ammo tarmoqlarda tarqalgan videoda avtobus yonayotgani yaqqol ko‘ringan.
Qayd etilishicha, hozirda transport avtobus saroyiga olib kelingan va tutashuv sabablari texnik xodimlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi