Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 9 fevral kuni tonggi soat 08:30 larda ikkita avtobus to‘qnashdi. Ushbu holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ rasmiy munosabat bildirdi. 

Xabarga ko‘ra, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" hamda "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli avtobuslar yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. 

Gap shundaki, 131-sonli avtobus haydovchisi X.D. avtobusni Chilonzor tumanidagi bekatga to‘xtatayotgan vaqtida yo‘lovchi tushirayotgan 99-sonli avtobus bilan yon oraliq masofani saqlamagan. Oqibatda 131-sonli avtobusning o‘rta bo‘g‘in oynasi hamda 99-sonli avtobusning yon ko‘rish oynasi bir-biriga tegishi oqibatida yengil shikastlangan. 

Korxonaning ma’lum qilishicha, to‘qnashuvda tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan. Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, YHTni sodir etganlikda 99-sonli avtobus haydovchisi ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda elektrobus simyog‘ochga borib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus YHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing