Toshkentda ikkinchi xotinining qizini zo‘rlagan bloger qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida 11 yashar qizchaning nomusiga tajovuz qilib, zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 5 nafar bolaning otasi bo‘lgan 31 yoshli erkak qonuniy xotini bo‘la turib, boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Bundan tashqari, u ikkinchi xotinining voyaga yetmagan (11 yashar) qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yashar A.K. rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 3-qismi, 25,119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan tayinlangan jazolar aslicha qoldirilib, Jinoyat kodeksining 59-moddasiga (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Hukm qonuniy kuchga kirgach, undan jabrlanuvchi foydasiga 254 mln 653 ming 783 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada o‘gay otasining jinsiy tajovuziga uchragan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jinsiy zo'ravonlik bloger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing