Toshkentda ikki yashar qizcha qulagan devor ostida qolib ketdi
3-sahifa
−
15 iyun 2023 10126 1 daqiqa
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 yoshli qizaloq buzilayotgan uyning devori ostida qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 iyun kuni soat 12:14 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tumanning “Oliy Himmat” MFY hududida joylashgan uylarning birida qurilish maydonida 2 yoshli qizchani devor bosib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, qizcha qurilish uchun qazuv ishlari olib borilayotgan joyda devor qulashi oqibatida uning tagida qolib ketgan. Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni devor ostidan olib chiqqan hamda unga zaruriy tibbiy yordamni ko‘rsatgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 3 nafar bola Chirchiq daryosining o‘rtasidagi orolchada qolib ketgandi. Shuningdek, Toshkent shahri Yashnobod tumanida yosh bola 9-qavatdagi xonadonlardan birida yolg‘iz qolib ketgandi.
Live
Barchasi