Toshkentda 3 nafar bola Chirchiq daryosining o‘rtasidagi orolchada qolib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola qutqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 8 iyun kuni soat 21:00 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida uch nafar voyaga yetmagan bola qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ular Chirchiq daryosida cho‘milish maqsadida daryo o‘rtasidagi orolchaga suzib borgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilganligi va oqim tezlashgani tufayli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmay qolgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan uch nafar bolalar maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilib ota-onalariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

373

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing