Toshkentda ikki kishining ustiga qaynayotgan “ketchup” ag‘darildi. Biri vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonalarining birida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda “Millar“ dasturida xabar berildi.

Unga ko‘ra, voqea 23 yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Qo‘shqo‘rg‘on" mahallasidagi korxonada yuz bergan. Kutilmaganda pomidor pastasi qaynayotgan qozon ikki ishchining ustiga ag‘darilib ketgan.

Qayd etilishicha, zudlik bilan tuman tez tibbiy yordam xizmatiga xabar berilgan. Muolajalarga qaramay ishchilardan biri vafot etgan. Yana biri esa ayni paytda og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq isituvchi qozon portlashi oqibatida 90 foiz kuygan qizaloqqa yordam ko‘rsatilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qaynayotgan qozon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar