Portlashdan 90 foiz kuygan qizaloqqa yordam ko‘rsatildi   

Jamiyat

image

Isituvchi qozon portlashi oqibatida qattiq kuygan qizaloqning yordamga muhtojligi haqidagi murojaat o‘rganildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ombudsmanga Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi, 2008 yilda tug‘ilgan J.J. o‘z yashash xonadonida isituvchi qozon portlashi oqibati 90% og‘ir tana kuyish jarohati olganligi tufayli muntazam tibbiy xizmatga va davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatilishiga muhtojligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushgan.

Bolalar ombudsmani Sog‘liqni saqlash vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur holatni o‘rgandi.

Aniqlanishicha, 2008 yilda tug‘ilgan J.J. 04.10.2023 yilda bunday jiddiy kuyish jarohatini olganidan so‘ng, Respublika shoshilinch yordam markaziga olib kelinib, u yerda barcha tez tibbiy yordam choralari ko‘rilgan va 2 oy davomida (04.10.2023-04.12.2023) shifokorlar tomonidan davolanib, zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.

"So‘ng esa jarohatlar darajasi murakkabligiga va doimiy tibbiy kuzatuv talab etishiga qaramay J.J. ota-onasi tomonidan uy sharoitida parvarish qilish uchun olib ketilgan.

Hozirda J.J. ga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatildi va doimiy shifokor kuzatuvi biriktirildi. Shuningdek, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qizaloq muntazam davolanish uchun kerak bo‘lgan dori-darmonlar bilan ta’minlanmoqda hamda unga nogironlik nafaqasini belgilash uchun kerakli tibbiy hujjatlar to‘planish jarayonida", deyiladi ushbu xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kuygan qizaloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing