Toshkentda ikki kishi cho‘kib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 iyul kuni Toshkent shahrida ikki kishi suvda cho‘kib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtning Sergeli tumanida soat 16:32 da 32 yoshli Islom. M. “Jun-Ariq” kanalida cho‘milishni niyat qilgan. Biroq kuchli suv oqimiga dosh berolmay cho‘kib ketgan.

Shu kuni soat 21:04 da Bektemir tumanida 36 yoshli Bekzod X. Chirchiq daryosining Toshkent halqa avtomobil yo‘li yaqinidan oqib o‘tuvchi qismiga cho‘milish uchun tushib, cho‘kib ketgan.

Shu sababdan Toshkent shahar IIBB ochiq suv havzalarida cho‘milish vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Avvalroq, FVV ochiq suv havzasida cho‘kib ketmaslik uchun foydali maslahatlar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent cho'kish

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing