Toshkentda Cobalt fuqaroni urib yubordi.“Rul”da IIBB xodimi bo‘lgan

3-sahifa

image

Toshkentda ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi Cobalt’da fuqaroni urib yubordi. U mashinada yo‘l chetidagi kafega kelib urilgan.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, joriy yilning 17 iyul kuni taxminan soat 22:00 da Chilonzor tumani Cho‘pon-ota ko‘chasida 1976 yilda tug‘ilgan Jafar J. Cobalt avtomobilini (davlat raqami 01 A 131 FB) boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘yida joylashgan kafega urilgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida kafeda bo‘lgan 1989 yilda tug‘ilgan Bekzod M. va haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bekzod M. jabrlanuvchi deb tan olindi, haydovchi esa gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.

Jafar J. YTH sodir etgan kuni ishdan bo‘shatilgani aytilmoqda. Boshqarmaning ma’lum qilishicha, YTHni sodir etgan Jafar J. sobiq IIBB xodimi hisoblanadi. U qachon tizimda faoliyat olib borgan va qachon ishdan bo‘shatilgani aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing