Toshkentda IIBB xodimlari va ayollar o‘rtasida mojaro yuz berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimlari ayollarni xizmat avtomobili tomon olib ketayotganligi aks etgan videotasvir tarqalmoqda. IIBB Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha,14 aprel kuni taxminan soat 21:30 da Qoratosh va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari avtomobillar qatnov qismida farzandlari bilan tilanchilik qilib haydovchilarga halaqit berayotgan uch nafar ayollarni ko‘rishgan.

Ayollar tilanchilik qilish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirilib, ularning shaxslarini aniqlash maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB 2-son Ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingan. Bunga javoban ayollar atrofdagilarning rahmini keltirish uchun baqirib, xodimlarga faol qarshilik qila boshlashgan. Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan shaxslar Samarqand viloyatilik ikki farzandli 25 yoshli Mahliyo Yu., 30 yoshli Zuhra Sh. va 25 yoshli Sanobar U. ekanligi, shuningdek ular muqaddam bir necha marotaba ogohlantirilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, bundan avval xodimlar mazkur ayollarni yo‘l qismida tilanchilik maqsadida bolalaridan foydalanayotganini guvohi bo‘lishgan. Bu ayollarning yo‘l qatnov qismida tilanchilik qilishi nafaqat ularning o‘zlari, balki norasida go‘daklarining hayoti uchun ham xavfli bo‘lib, kamiga boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini ham xavf ostida qoldirgan.

“Ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilishi uchun tergovga qadar tekshiruvi o‘tkazilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha xabar beriladi”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing