Toshkentda ichida qizaloq bilan qulagan lift  bo‘yicha o‘rganish natijalari aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahri Yangihayot tumanida ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift qulagani haqida xabar bergan edik. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi holat yuzasidan o‘rganish natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uyda yangi o‘rnatilgan lift uskunasi qulagani bo‘yicha tarqalgan video yuzasidan Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining tegishli davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. 

Aniqlanishicha, 2013 yilda tug‘ilgan Kozimbekova Nigina liftdan foydalanish maqsadida 1-qavatdan 7-qavatga ko‘tarilish uchun lift uskunasidan foydalangan va 3-qavatdan 4-qavatga ko‘tarilish vaqtida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan. Ushbu uyga tegishli elektr ishlab chiqaruvchi generator avtomatik ravishda ishga tushgan va lift uskunasiga tegishli akkumulyator (ARD) Kozimbekova Niginani 1-qavatga olib tushgan va qizaloq liftdan xavfsiz chiqib olgan.

“Ushbu ko‘p qavatli uyga hozirda xizmat qiluvchi ”Trust communal“ MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi va ”Premium promation“ MCHJ tomonidan liftlarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Lift uskunasi 2022 yil Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan, (05.06.2023) L10256 son bilan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Inspeksiya vakillari o‘rganishi davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek lift uskunasi pastga tushib ketmaganligi va soz holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi bu haqdagi munosabatda.

Aytilishicha, inspeksiya tomonidan “Trust communal“ MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi, ”Premium promation“ MCHJ larga va Kozimbekova Nigina Farrux qizi oila a’zolariga lift uskunasidan xavfsiz foydalanish va elektr tarmog‘idan uzilish bo‘lgan vaqtda qanday chora ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha tegishli ko‘rsatmalar va ma’lumotlar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lift nosozlik tekshiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing