Toshkentda ichida haydovchisi bo‘lgan “Jiguli” yonib ketdi
3-sahifa
−
01 Oktabr
6796Toshkent viloyatida ichida haydovchisi bo‘lgan “Jiguli” yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 30 sentyabr kuni soat 20:20 larda Toshkent viloyati Qibray tumani “Mehnat” MFY hududidan o‘tgan D008 raqamli “M39 avtomobil yo‘li (813 km.dan) – May q. – Chirchiq sh.“ avtomobil yo‘lining 10-kilometrida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan M.F. boshqaruvidagi “Vaz 2106” rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan.
“Hozirda holat yuzasidan Qibray tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qondagi “zapravka”da avtobus yonib ketgandi.
LiveBarchasi