Qo‘qondagi “zapravka”da avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 13 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi “zapravka”da avtobus yonib ketdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa soat 19:30 larda Qo‘qon shahri “Yorqo‘rg‘on” ko‘chasida joylashgan Avtomobillar gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida sodir bo‘lgan. Shu yerda gaz to‘ldirayotgan ISUZU rusumli avtobusning dvigatel qismida yong‘in chiqqan.

“Yong‘in Qo‘qon shahar FVB tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar qayd etilmagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand shahrida Nexia-2 yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona avtobus Qo'qon zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing