Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlar ushlandi

3-sahifa

image

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi bir qator shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 8 fevral kuni Chilonzor tumanida o‘zini shubhali tutgan 2002 yilda tug‘ilgan Ergashev Lazizbek Aziz o‘g‘li to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganida yonidan 10 dona o‘ramda bo‘lgan “Mefedron” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Lazizbek Ergashevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, joriy yilning 14 fevral kuni Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 1996 yilda tug‘ilgan Xolmonov Javohir Ixtiyor o‘g‘li to‘xtatilib, tekshirilganida, yonidan 6 dona o‘ramdagi “Mefedron” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Javohir Xolmonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing