Toshkentda giyohvand moddalarni sotayotgan og‘ufurushlar ushlandi
3-sahifa
−
19 mart
4828Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va giyohvand moddalarni sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolar M.J., M.K. va boshqalar tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 120 dona “Pregabalin Capsules” nomli dori vositasini fuqaro A.A.ga 4,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlangan.
Qolaversa, M.K.ning avtotransport vositasidan tarkibida 0,15 gramm faol giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan “Marixuana” hamda 750 ming so‘m qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Qo‘qonda psixotrop dori sotayotgan er-xotin qo‘lga tushgan edi.