Toshkentda Gentra ko‘prikdan quladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushgani aks etgan videolar tarqaldi.

Aytilishicha, mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va Gentra ko‘prik to‘sig‘ini sindirib o‘tgib, ko‘prikning ikkinchi qavatiga tushib ketgan.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi esa kecha, 18 may kuni soat 22:40 atrofida 21 yoshli haydovchi D.M. boshqaruvidagi Lacetti (Gentra) 26 yoshli Sh.O. boshqaruvida bo‘lgan Monza bilan to‘qnashgani haqida xabar berdi.

To‘qnashuv mashina ko‘prikdan qulashidan oldin yoki keyin sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan. YTH oqibatida Gentra haydovchisi va ikki yo‘lovchisi tan jarohatlari shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 may kuni Surxondaryo viloyatida Cobalt piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan yosh bolalarni urib yoborgan, oqibatda 12 yashar bola vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent ko'prik Lacetti Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing