Toshkentda gazdan noqonuniy foydalangan to‘rtta metan “zapravka” 7,1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi 4 ta avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchasi tomonidan 7,1 mlrd tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik sub’ektlariga qarashli 4 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan:

•  Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSH tomonidan 2,372 mlrd so‘mlik;

•  Sergeli tumanida joylashgan AGTKSHda 1,728 mlrd so‘mlik;

•  Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan AGTKSHda 1,607 mlrd so‘mlik;

•  Uchtepa tumanida joylashgan AGTKSHda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent zarar “zapravka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made