Toshkentda FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

Bildirilishicha, bunday ob’ektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Senatda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2022 yildan beri favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlab kelgan general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev va uning o‘rinbosarlari qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun ishdan olinganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent FVB Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing