Toshkentda fuqaroni 7 ming dollarga Koreyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro B.K.ning ishonchiga kirib, uni 7 000 AQSH dollari evaziga Koreyaga ishga yuborishini va’da qilgan. U oldindan 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing