Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida fuqarolarni Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarda chet el fuqarosi N.S. fuqarolar Z.E. va I.S.ning ishonchiga kirib, ularni 40 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga chegaradan o‘tkazib qo‘yishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, fuqarolar J.T. va R.T. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 18 000 AQSH dollari evaziga aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning turli hududlarida o‘tkazilgan tadbirlarda AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Toshkent Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing