Toshkentda fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish evaziga noqonuniy pul olganlar ushlandi
3-sahifa
−
09:27 609 2 daqiqa
Toshkentda fuqarolarni aldab, ularning ishonchiga kirgan hamda xorijga ishga jo‘natish evaziga firibgarlik yo‘li bilan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yilgan.
Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs o‘zining tanishlari orqali Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 6 nafar fuqaroni Slovakiya Respublikasiga ishga yuborish evaziga 145 mln so‘m talab qilib, oldindan 85 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Toshkent shahrida xorijiy davlatlarga viza olish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari poytaxtda istiqomat qiluvchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, viza rasmiylashtirish orqali uni Germaniyaga ishga yuborish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
.jpg)
Bu kabi qonunbuzilish holati Toshkent viloyatida ham qayd etilib, jumladan Zangiota tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol aldov yo‘li bilan Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, viza rasmiylashtirgan holda uni Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborish evaziga 5900 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
.jpg)
Bildirilishicha, hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqarolarning 574,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi