Toshkentda fuqarolarni AQSH va Yaponiyaga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Davlat xavfsizlik xizmati va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda AQSH hamda Yaponiyaga fuqarolarni noqonuniy yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtning Yunusobod tumanida fuqaro J.A. AQSHda yashovchi qarindoshi B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqarolar Z.S. va D.S.ni tanishlari yordamida Meksika va Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza olib berishi evaziga 22 ming 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S.N. fuqarolar – M.A. va X.T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiyaga ishga yuborishi evaziga 2000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax shahrida Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh IIBB DXX Yaponiya Toshkent shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing