Toshkentda fuqaro va uning qizlarini talagan talonchilar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonga o‘g‘irlikka tushib, 15 ming dollar pul va mashinani olib qochgan sakkiz kishilik guruh qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 3 dekabr kuni bir necha fuqarolar Yunusobod tumanidagi xonadonlardan biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1961 yilda tug‘ilgan xonadon egasini og‘zini va qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, 1 million so‘mlik seyfni va uning ichida bo‘lgan 15 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib chiqib ketgan. 

Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinish uchun xonadonga yetib kelgan jabrlanuvchining qizlarini pichoq bilan qo‘rqitib, ular minib kelgan Gentra rusumli mashinani olib qochgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu jinoiy guruh qisqa vaqt ichida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlangan. 44 yoshli T., 36 yoshli O., 34 yoshli B., 31 yoshli M. hamda A., 25 yoshli A., 24 yoshli M. va 22 yoshli D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi va 267-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Ta’kidlanishicha, hozirda jinoyat ishi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod

Baholaganlar

394

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing