Toshkentda fuqaro IIO xodimlari bilan janjallashdi
3-sahifa
−
16 may 2023
6149Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentda ikki fuqaro o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 11 may kuni taxminan soat 20:30 larda Uchtepa tumani Chilonzor 23-mavzedagi jamoat transporti bekati oldida sodir bo‘lgan. Fuqaro A.Q.ning avtomashinasi Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, u yerda bir dona pichoq borligi aniqlangan. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida fuqaro tuman Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB)ga chaqirilgan. Biroq A.Q. IIO xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, qarshilik ko‘rsatgan vaqtda ular orasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Hozirda xodimning harakatiga baho berish uchun Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va natijasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi aytilgan.
LiveBarchasi