Toshkentda fohishaxona fosh qilindi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2019
28716Toshkent shahrining Yashnobod tumanida fohishaxona fosh qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 21:00 da Yashnobod tumanida foxishaxona borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli Abdumalik X. 300 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berar ekan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo‘yicha (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
JKning 131-moddasi bilan aybdor deb, topilgan shaxsga quyidagi jazolar taiyinlanishi mumkin:
G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LiveBarchasi