Toshkentda erkak Tracker’da sobiq xotini va uning tanishlarini bosib ketdi
3-sahifa
−
15:54 5121 1 daqiqa
Bugun, 26 mart kuni Toshkent shahrida 27 yoshli erkak Tracker’da sobiq xotini va uning tanishlarini bosib ketdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 12:15 larda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro B.R. Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida sobiq turmush o‘rtog‘i 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro M.F. va uning yonida bo‘lgan boshqa shaxslar bilan janjallashib ketgan. Oqibatda B.R. boshqa shaxslarga og‘ir tan jarohati yetkazish maqsadida o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 01 N 014 FC bo‘lgan Tracker rusumli avtomashinada M.F. va uning tanishlarini ustiga haydab, qasddan urib yuborgan.
Fuqaro M.F. va uning tanishi D.Q. yengil jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.
Bildirilishicha, hozirda voqea ishtirokchilarining barchasini shaxsi aniqlanib, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borilgan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi