Toshkentda erkak tanishini “shlang” bilan urib, o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqaro ta’mirlash uchun borgan xonadonida o‘zi bilan birga kelgan tanishini rezina quvur bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 7 fevral kuni soat 17:00 larda 43 yoshli Yu.O. Bektemir tumani Majnuntol mahallasida joylashgan xonadonda bo‘la turib, ushbu xonadonda ta’mirlash ishlarini olib borish uchun o‘zi bilan birga kelgan 43 yoshli B.E. bilan tortishib qolgan. So‘ng o‘zaro janjallashib, Yu.O. rezinadan ishlangan quvur (shlang)ning bo‘lagi bilan B.E.ni tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda B.E. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yu.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing