Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga urindi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi yosh qizga nisbatan tegajonlik qilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 17 may kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumanida 17 yoshli K.M. uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan. K.M. qadamlarini tezlatgan va uyi yulagiga yugurib kirgan, erkak xam uning orqasidan kirgan. Qiz baqirib yuborgan, shundan so‘ng erkak noma’lum tomonga qochib ketgan.

IIBBga ko‘ra, hozirda mazkur fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijalari bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1864

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing