Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
20 noyabr 2023
11656Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Joriy yilning 18 noyabr kuni Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sh. xonadoni – Yunusobod tumani, “Manzara” turarjoy majmuasining 15-qavatidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan.
Aniqlanishicha, X.Sh. mazkur xonadonda 2000 yilda tug‘ilgan R.N. bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan. X.Sh. o‘z joniga qasd qilishidan taxminan 2 kun oldin turmush o‘rtog‘iga "osmonda uchgisi kelayotgani"ni aytgan. Erkak 2020 yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida “shizofreniya” tashxisi bilan ro‘yxatda turib, davolanib kelgan.
Fuqaro X.Sh. 18 noyabr kuni ishga bormasdan uyda qolishini ayolga aytib, N.R. ishdan kelguniga qadar o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, o‘z joniga qasd qilish sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahrida 23 yoshli xorazmlik yigit o‘zini avtobus tagiga otib, joniga qasd qilgandi.
LiveBarchasi