Toshkentda erkak 12 qavatli binoning lift shaxtasidan qulab tushdi
3-sahifa
−
21 iyun 2023 11348 1 daqiqa
Toshkent shahrida 34 yoshli erkak qurilishi tugallanmagan 12 qavatli binoning lift shaxtasidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZʼga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Keltirilishicha, voqea bugun, 21 iyun kuni soat taxminan 03:30 da Yangihayot tumani “Xushnud” mahallasi 13-uy yonidagi qurilishi tugallanmagan 12 qavatli binoda yuz bergan. Binoning lift shaxtasidan fuqaro B.Q. pastga qulab tushgan va hodisa joyida vafot etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak lift shaxtasiga beton quyish ishida ishtirok etib, beton qolipini shaxtadan ajratib olish jarayonida qolip ko‘tarma kranga ilinmagani oqibatida pastga qulab tushgan.
Aniqlanishicha, vafot etgan shaxs 1989 yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. U xususiy MCHJ qurilish firmasida ishchi sifatida ishlab kelayotgan bo‘lgan.
Holat bo‘yicha Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025