Toshkentda er xotinini 7 yil davomida muttasil do‘pposlab kelgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Toshkentning Yakkasaroy tumanida erkak 7 yil davomida turmush o‘rtog‘ini muntazam ravishda kaltaklab kelgani aytilmoqda. Bu haqda qizning onasi Facebook'da post qoldirgan.

Qayd etilishicha, oilaning voyaga yetmagan uch nafar farzandi bo‘lib, kaltaklanishlar bolalarning ko‘z oldida yuz bergan. 2,5 oy ichida erkak xotinini to‘rt marta kaltaklab, uning qovurg‘alarini sindirgan. Shuningdek, u oxirgi vaqtlarda kaltaklashlardan tashqari kamar bilan bo‘g‘ishni ham boshlagan.

“Men qizim oldida 7 yil davomida uning turmush o‘rtog‘i (D.Dadaboyev, 1976 yilda tug‘ilgan) tomonidan qo‘pollik va kaltaklanishiga chidaganim uchun juda aybdorman. Chunki men faqat uning farzandlari, go‘zal nevaralarimni o‘yladim. Qizim bolalarining tug‘ilishi erining shafqatsiz tabiatini o‘zgartirishiga umid qildi”, deydi jabrlanuvchining onasi.

Oxirgi vaqtlarda burni singan, tishlari singan va miya chayqalishi bilan ayol tun bo‘yi yerto‘lada, hovuzdagi kafellar ustida qoldirilgan. Bunday kaltaklardan so‘ng, oshkoralikdan qo‘rqib, erkakning o‘zi uni tibbiy muassasalarga olib borgan va o‘zi yiqilganini va shifoxonaga yotishi mumkin emasligini aytishga majbur qilgan.

Shuningdek, ayolning bolalari kichik bo‘lgani hamda eri tomonidan ruxsat berilmagani uchun u shifoxonaga yotmagan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, uning qizi bir marta tibbiy ekspertizaga borishga erishgan, ammo qovurg‘alari va tishlarining sinishi hamda miya chayqalishi yengil tan jarohati deb tasniflangan. Qovurg‘alari singani bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa ham, umuman qayd etilmagan.

Ona postida qizi va o‘zida himoya orderi borligini aytib o‘tgan. Shu bilan birga, u kuyovi uning huquqlarini buzayotgani haqida bir necha marotaba Yakkasaroy tuman IIB Profilaktika bo‘limiga murojaat qilganini, shunga qaramay, xodimlar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayotganini bildirgan.

Bundan tashqari, ayolning onasi qizining kaltaklangan holatidagi suratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Uning aytishicha, ekspert ushbu suratlarga qarab jiddiy jarohat emasligi haqida xulosa bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

603

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing