Toshkentda ekstremistik guruhlar a’zolarining uyida tintuv-tergov harakatlari o‘tkazildi
3-sahifa
−
08 aprel
9466Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo‘shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Bildirilishicha, IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida qator tezkor tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.
“Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga a’zo bo‘lishdan saqlaning va ularning yot g‘oyalarini targ‘ib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga a’zo bo‘layotganligini, qanday mazmundagi video va boshqa materiallarni ko‘rayotganligini doimo nazorat qilib boring. Agar mahallangizda shu kabi yot g‘oyalar ta’siriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28 martdan boshlab Toshkentda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIBB xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi