Toshkentda dorixonaga bostirib kirgan niqobli shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Ikki hafta avval Toshkentda dorixonaga bostirib kirib, u yerni tunagan o‘g‘rilar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni taxminan soat 01:10 larda 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda, Chilonzor tumani 18-mavzedagi MCHJga qarashli dorixonaga bostirib kirgan. Ular sotuvchi 28 yoshli X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16,5 mln so‘m va kassadagi 1,5 mln so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I. larga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dorixona bosqinchilik

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing