Toshkentda diametri 70-80 smli chinorlar kesib tashlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 sentyabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Tamaraxonim ko‘chasidagi 2-3-sonli ko‘p qavatli uylar yonida diametri 70-80 sm keladigan ulkan chinorlar kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari ishtirokida holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan.

Natijada, hududdagi 2-3-sonli xonadonlar yonida joylashgan chinor daraxti suratda ko‘rib turganingizdek tabiiy omillar ta’sirida kasallanib qurib qolgani, fuqarolar hayoti, mol-mulkiga jiddiy havf solishi ehtimoli borligi bois tegishli xulosa asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi  tomonidan kesilgan.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing