Toshkentda davlatga yarim milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazgan kriptoferma aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkentning Chilonzor tumanida davlatga katta miqdordagi zarar yetkazgan kriptoferma aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yonilg‘i, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yish maqsadida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanish holati aniqlangan.

Xususan, fuqaro F.X. tumanining 19-mavzedagi ko‘p qavatli uylardagi yashash xonadonining yerto‘lasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini noqonuniy ulab, 680 mln so‘m qiymatidagi 461,4 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro  F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 2 mlrd 284 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘marganlar ushlangandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kriptoferma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar