Toshkentda dahshatli YTH: 10 yashar bola qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 28 iyun kuni poytaxt Toshkentning Labzak dahasida ro‘y bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi natijasida 10 yashar voyaga yetmagan bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

YTH taxminan soat 20:50 atrofida Zulfiyaxonim ko‘chasi, “Rayhon” milliy taomlar kafesi qarshisida sodir bo‘lgan. Spark rusumli avtomobil haydovchisi 53 yoshli T.I. yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 10 yoshli F.N.ni urib yuborgan. Xabarda qayd etilishicha, piyodalar o‘tish yo‘li YTH sodir bo‘lgan hududdan 10 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lgan. 

YTH natijasida piyoda tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga yetkazilgan, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan. 

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi – Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

528

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing