Toshkentda Damas bilan to‘qnashgan skuter haydovchisi vafot etdi
3-sahifa
−
03 iyun 5269 1 daqiqa
Kecha, 2 iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida Damas bilan to‘qnashgan skuter haydovchisi vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda – Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida Damas rusumli transport vositasi va skuter mototransport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida skuter mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Sergeli tumanida Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi skuter boshqarib ketayotgan fuqaro va undagi yo‘lovchini urib yuborgan edi. YTH oqibatida skuter mototransport vositasining haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi