Toshkentda dahshatli YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 27 yanvar kuni Shayxontohur tumani Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida Malibu va KIA avtomashinalari o‘rtasida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kecha, 27 yanvar kuni 1995 yilda tug‘ilgan F.R.  boshqaruvida bo‘lgan KIA rusumli avtomashinasi hamda Malibu 2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Malibu 2 haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 yanvar kuni Toshkentda Spark va Malibu to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Shayxontohur Malibu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing