Toshkentda Cobalt ustunga borib urildi va yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
04 Sentabr
4911Kecha, 3 sentyabr kuni Toshkent shahrida Cobalt avtomobili yo‘l ustuniga borib urildi va yonib ketdi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:00 da poytaxtning Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritkich ustunlariga to‘qnashgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanida harakatlanib borayotgan Damas avtomashinasi butunlay yonib ketgandi. Shuningdek, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Nexia-1 rusumli transport vositasi yonib ketgan edi.
LiveBarchasi