Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt va Matiz rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda Matiz ag‘anab ketgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, soat 21:15 da Mirzo Ulug‘bek tumanining Shaxrisabz va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida 1989 yilda tug‘ilgan J.S. boshqaruvidagi Cobalt 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

To‘qnashuv oqibatida Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yo‘l trasnport hodisasi sodir etilishiga transport vositalari harakatlanish chog‘ida svetoforning taqiqlovchi belgisiga rioya etmagani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Nexia 3 bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketgandi. Bundan tashqari, 12 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” ag‘darilib ketgan. Bunday holat joriy yilning 10 avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumanida boshqa bir “Gazel” bilan ham sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing